YUNESKO-ICHEI bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda oliy ta’lim dasturlarini takomillashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi va Xitoy Xalq Respublikasidagi UNESCO-ICHEI oliy ta’lim innovatsiyalari markazi o‘rtasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.