Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi O‘zbekistonga keldi

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi O‘zbekistonga keldi

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 27–28-oktabr kunlari qadimiy Samarqand butun dunyo yoshlarini birlashtiruvchi 14-YUNESKO Yoshlar Forumiga mezbonlik qiladi.

“Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu yirik xalqaro anjuman YUNESKO va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumning maqsadi yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini global miqyosda ilgari surish, barqaror kelajakni birgalikda shakllantirishdir.

Shu munosabat bilan, bugun Bangladeshning YUNESKOdagi doimiy vakili, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi Xondker Moxammad Talxa janoblari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling