YTTB va Oʻzbekiston Moliya vazirligi hamkorlikni kengaytirish va moliyaviy islohotlarni muhokama qilishdi
YTTB va Oʻzbekiston Moliya vazirligi hamkorlikni kengaytirish va moliyaviy islohotlarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10-dekabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Moliya institutlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Fransis Malij hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda YTTBning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha boshqaruvchi direktori Huseyn Ozhan, YTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Andi Aranitasi, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov hamda mas’ul idoralar va banklar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikdagi loyihalar, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari, davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan muhokalar olib bordi.
Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar mamlakatimizdagi makroiqtisodiy o‘sishning joriy holati va rivojlanish tendensiyalari, ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari, oldinga qo‘yilgan maqsadlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.