YTTB Toshkentda yangi MaxCopper ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishni qo'llab-quvvatladi
YTTB Toshkentda yangi MaxCopper ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishni qo'llab-quvvatladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) birinchi vitse-prezidenti Greg Guyett MaxCopperning Toshkentning Yangihayot tumanida ochilgan yangi ishlab chiqarish liniyasini ko'zdan kechirdi. YTTBning O'zbekistondagi doimiy ofisi rahbari Andi Aranitasi ham ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
Tashrif davomida Greg Guyett ta’kidladi: “MaxCopper kabi zamonaviy va eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu tashabbus nafaqat sanoatni rivojlantiradi, balki O‘zbekistonning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ham oshiradi.”
YTTB tomonidan mazkur korxonaga 10 million yevrogacha kredit mablag‘lari ajratilgan. Ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, shuningdek mis katodlari kabi xomashyo xarid qilishga yo‘naltiriladi.
MaxCopper korxonasi isitish, ventilyatsiya va konditsioner tizimlari uchun mo‘ljallangan mis quvurlar hamda fitinglar ishlab chiqaradi. Jumladan, yengil rulonlar, to‘g‘ri quvurlar va “pancake coil” turidagi mahsulotlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi Yevropa va qo‘shni davlatlar bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Loyiha mamlakat sanoatini diversifikatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro sifat standartlarini joriy etishda muhim ahamiyatga ega.