Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
YTTB Oʻzbekistondagi Texnomartni rivojlantirish uchun 10 million dollar ajratmoqda

YTTB Oʻzbekistondagi Texnomartni rivojlantirish uchun 10 million dollar ajratmoqda

YTTB Oʻzbekistondagi Texnomartni rivojlantirish uchun 10 million dollar ajratmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) O‘zbekistondagi iste'mol elektronika va maishiy texnika bo‘yicha yetakchi chakana sotuvchisi hisoblangan “Texnomart” bilan hamkorligini mustahkamlamoqda.

YTTBning 10 million AQSh dollari (8,6 million yevro) miqdoridagi moliyalashtirish dasturi “Texnomart”ga samaradorlik, xizmat sifati va mijozlar tajribasini oshirishga qaratilgan zamonaviy chakana infratuzilma va raqamli xizmatlarga sarmoya kiritishda yordam beradi. Mablag'lar yangi uskuna sotib olish, kompaniyaning IT infratuzilmasini takomillashtirish va mahsulot assortimentini kengaytirish uchun sarflanadi.

Loyiha ichki salohiyatni oshirish tashabbuslari, tuzilmali ichki o'quv dasturlari va mahalliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan amaliyot dasturi orqali inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyiha Yaponiya-Yevropa Hamkorlik Jamg'armasi tomonidan taqdim etiladigan texnik yordamdan foydalanadi.

YTTB hozirga qadar O‘zbekistonda 208 ta loyiha orqali qariyb 6,9 milliard AQSh dollari (5,9 milliard yevro) miqdorida investitsiya kiritgan va bu mablag‘larning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. So‘nggi olti yil davomida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda YTTB investitsiyalarining asosiy o‘zlashtiruvchi mamlakati bo'lib kelgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling