Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
YTTB “Nika Pharm”ga 20 million AQSh dollarigacha bolgan mablag’ni ajratadi

YTTB “Nika Pharm”ga 20 million AQSh dollarigacha bolgan mablag’ni ajratadi

YTTB “Nika Pharm”ga 20 million AQSh dollarigacha bolgan mablag’ni ajratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarining mahalliy bozorda ishlab chiqarilishini yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda, buning uchun yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchi  “Nika Pharm” ning faoliyatiga ko‘mak bermoqda.

“Nika Pharm” YTTB tomonidan taqdim etiladigan 20 million AQSh dollarigacha bo‘lgan kreditini moliyaviy balansini qayta tuzish va shuningdek uskunalar va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Bu orqali ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda butun ishlab chiqarish jarayonini Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) sertifikatlash tizimidagi Yaxshi Ishlab Chiqarish Amaliyoti (GMP)  standartlariga to‘liq moslashtirish rejalashtirilgan.

Kompaniya 2021 yildan beri YTTB mijozidir, shamollashni davolashda, shuningdek gastroenterologiya, pediatriya va urologiya sohalarida qo‘llaniladigan tabletka, kapsula, sashe va burun spreylarini bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchidir. Bu vaqt ichida “Nika Pharm” bir qator muhim segmentlarda, jumladan burun bitishini bartaraf etuvchi preparatlar bozorida yetakchi o‘rinni egallashga erishdi va importni yuqori sifatli mahalliy ishlab chiqarish bilan almashtirish orqali kuchli va barqaror o'sishni ko'rsatdi.

Loyiha “Nika Pharm” ning ishlab chiqarish bazasini kengaytiradi, barqarorlik va samaradorligini oshiradi, natijada kompaniyaning generik dori vositalari va retsept bilan beriladigan preparatlar ishlab chiqarishi o‘rtacha 140 foizga ko‘payishi kutilmoqda. GMP sertifikatiga erishish bilan birga bu holat “Nika Pharm” ning ichki bozor hamda mintaqadagi mavqeini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

O‘zbekistonning farmatsevtika bozori jadal rivojlanmoqda va 2029 yilga borib yana 10 foizga kengayishi kutilmoqda. Hozirda bozorda dori vositalarining katta qismi (75 foiz atrofida) import mahsulotlar hisoblanadi. Ushbu loyiha hukumatning mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari ulushini bosqichma-bosqich 80 foizga yetkazish rejasiga hissa qo‘shadi.

YTTB hozirga qadar O‘zbekistonda 196 ta loyiha orqali 6,6 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritgan, mablag‘larning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling