Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 12/04/2025 YPX xodimlari tomonidan tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan 360 ta "iPhone 16 Pro Max" telefonlari aniqlandi

YPX xodimlari tomonidan tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan 360 ta "iPhone 16 Pro Max" telefonlari aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 11 aprel kuni soat 05:30 larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasining saloni va yukxonasida jami 360 ta "Iphone 16 Pro Max" telefon qurilmalari olib ketilayotganligi, ushbu qurilmalarga oid tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qurilmalar hamda fuqaro A.M. Namangan viloyati IJQK Departamentining Pop tumani bo‘limi xodimlariga surishtiruv ishlarini davom ettirishlik uchun topshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling