“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;

“Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam o‘qib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

  • taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
  • taʼlim jarayonida ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishish;
  • volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.

Farmonga ko‘ra, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda bosqichma-bosqich quyidagi choralar qo‘llanadi:

  • ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini 15 kun ichida bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;
  • ijtimoiy yordam miqdorlarini 15 foizdan 30 foizgacha kamaytirish;
  • ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 oydan 6 oygacha vaqtinchalik to‘xtatish;
  • ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 yil va undan ortiq muddatga to‘xtatish.

Ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam ravishda kamida 6 oy davomida yuqori darajada bajargan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • unga imtiyozli ravishda navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
  • eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.

2026 yil 1 fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:

  • avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
  • kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
  • ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling