Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Yopiq sud majlisi maʼlumotlari oshkor etilishining oldi olinadi

Yopiq sud majlisi maʼlumotlari oshkor etilishining oldi olinadi

Yopiq sud majlisi maʼlumotlari oshkor etilishining oldi olinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.

Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling