Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Mudofaa va xavfsizlik  masalalari qo‘mitasi majlisida poytaxtda transport harakati xavfsizligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida avtomobillar sonining oshib borishi harakatni tartibga solishda zamonaviy, ilg‘or yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Jahon tajribasida metropoliten, jamoat transporti va “Park&Ride” kabi modellardan foydalanish tirbandliklarni kamaytirishda o‘zining yuqori samarasini ko‘rsatmoqda.

Qo‘mita majlisida Toshkent shahridagi asosiy muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsiz infratuzilmaning hali ham yetarli darajada emasligi, ayrim yirik chorrahalarda yo‘l harakatini tartibga soluvchi “aqlli” svetofor tizimlarining to‘liq ishga tushmagani taʼkidlandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida transport muammosini hal etishning eng samarali yo‘li sifatida aholining shaxsiy avtomobildan jamoat transportiga o‘tishini rag‘batlantirish va shahrga kirib kelishda va metro bekatlari atrofida yirik avtoturargohlarni tashkil etishni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu masalalar nafaqat tirbandliklarni kamaytirishga, balki piyodalar va haydovchilar xavfsizligini taʼminlashga ham bevosita taʼsir ko‘rsatishini taʼkidladi.

Muhokama natijasida Toshkent shahrida transport harakatini optimallashtirish, jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirish, “aqlli” svetofor yechimlarini joriy etish va axborot texnologiyalari asosida boshqaruvni kuchaytirishga oid aniq vazifalar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling