Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish qo‘llanadi
Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish qo‘llanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishi belgilandi.
Maʼmuriy ogohlantirish hukuqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.
Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo‘llanadi.
Maʼmuriy ogohlantirish Kodeks 125-moddasining 1- va 2- qismlarida, 128 (prim 1), 128 (prim 2), 128 (prim 6), 135 (prim 1)-moddalari hamda 138-moddasi 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nsbatan qo‘llanadi.
Bunda shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari bo‘lmaganda, maʼmuriy jazo chorasini qo‘llashga vakolatli organ tomonidan qo‘llaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.