Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 05/04/2025 YIDXP portalida shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish uchun onlayn xizmat ishga tushirildi

YIDXP portalida shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish uchun onlayn xizmat ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endi O‘zbekistonda shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish uchun arizani onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin bo‘ldi.

Ariza va zarur maʼlumotlar yuborilgandan so‘ng, maʼlumotlar vakolatli organlarga yo‘naltiriladi va ular tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Natijasi elektron tarzda ariza beruvchiga xabar qilinadi.

Qayd etilishicha, nomzod taqdim etgan maʼlumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Agar yolg‘on yoki noto‘g‘ri maʼlumotlar taqdim etilsa, u holda nomzod tanlovdan chetlashtirilishi mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:

my.gov.uz portaliga kirish va ro‘yxatdan o‘tish;

Mos xizmatni tanlash;

Shartlar bilan tanishish, talab etilgan maʼlumotlarni kiritish va “Yuborish” tugmasini bosish.

Avvalroq mamlakatda harbiy chaqiruv bo‘yicha povestkalarni elektron shaklda yuborish tizimi joriy etilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling