Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
YIDXP pensiya to‘lovlarini naqd shaklga o‘tkazish bo‘yicha onlayn xizmatni ishga tushirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) endi pensiya to‘lovlarini naqd pulga aylantirish imkoniyatini taklif etadi.
Xizmatdan foydalanish uchun portaldan ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish va tegishli so‘rovni yuborish kifoya.
Qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish talab etilmaydi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limlariga murojaat qilishga ham hojat yo‘q.
Xizmat bepul taqdim etiladi.