Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YEXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YEXHTning ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha vakili, elchi Yan Bratu 2025 yil 11–12 noyabr kunlari O‘zbekistonga o‘zining ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

Tashrif doirasida u mamlakatning yuqori lavozimli davlat amaldorlari va mediasektor vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

13–14 noyabr kunlari YEXHT vakili ofisi «Axborotli va barqaror jamiyat uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini taʼminlash» mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media-konferensiyasini tashkil etadi.

Tadbir Toshkent shahridagi InterContinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi, boshlanish vaqti soat 10:00 ga belgilangan.

Konferensiya dasturi plenar sessiyalar, interaktiv master-klasslar va jurnalistlar uchun yangi muhim resurslar taqdimotini o‘z ichiga oladi.

Asosiy mavzular qatorida — media hayotiyligi manifestini amalga oshirish bo‘yicha OAV uchun amaliy yondashuvlar, yirik texnologik platformalar va sunʼiy intellekt sharoitida OAV erkinligini taʼminlash bo‘yicha YEXHT vakili tavsiyalari, mustaqil jurnalistikaning asosi sifatida jurnalistlar xavfsizligi, shuningdek, auditoriyani jalb qilish va dezinformatsiyaga qarshi dastlabki himoya vositasi sifatida mediasavodxonlik masalalari bor.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling