Valyuta kurslari 22/07/2025
$1 – 12603.52
UZS – 0,2%
€1 – 14676.80
UZS – 0,3%
₽1 – 160.94
UZS – 0,39%
Qidirish
Texnologiyalar 22/07/2025 YEXHT O‘zbekistondagi davlat organlari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha treninglar dasturini ishga tushirdi

YEXHT O‘zbekistondagi davlat organlari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha treninglar dasturini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Elektron hukumatdan tortib raqamli davlat xizmatlarigacha bo‘lgan jarayonlarda O‘zbekiston raqamlashtirish yo‘lida barqaror taraqqiyot ko‘rsatmoqda. Biroq raqamli transformatsiyani mustahkam kiberxavfsizliksiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Shu munosabat bilan, 14 iyuldan 21 avgustgacha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning O‘zbekistondagi loyiha Koordinatori Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Noventiq Education o‘quv markazi bilan hamkorlikda davlat organlarida axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha maʼsul 70 nafar mutaxassis uchun treninglar o‘tkazmoqda.

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yana-da kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi.

Trening dasturi kiberhimoyaning uchta asosiy yo‘nalishini qamrab oladi:

Ethical Hacking: yovuz niyatlilar qanday fikrlaydi va ularga qanday qarshi kurashish kerak. Ishtirokchilar xakerlik hujumlari usullarini chuqur o‘rganib, real xavfli vaziyatlarni modellashtirish orqali zaifliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

Linux xavfsizligi: dunyo serverlarining 90 foizdan ortig‘i Linux platformasida ishlaydi, jumladan web-serverlar, maʼlumotlar bazalari, korporativ va davlat tizimlari. Trening tizim xavfsizligini sozlash, kirish nazorati, jurnal yuritish hamda Linux muhitidagi tipik tahdidlarni qamrab oladi.

Windows Server Security: server infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash. Ishtirokchilar serverlarni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, xavfsizlik sozlamalari, monitoring va raqamli hujumlarni oldini olish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Bu yo‘nalishlar tasodifan tanlanmagan: aynan shu yo‘nalishlar zamonaviy raqamli servislar quriladigan IT manzarasining asosini tashkil etadi.

“Bugungi raqamli tahdidlarga samarali javob berish uchun mutaxassislar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari zarur. Bunday treninglar real hayotiy vaziyatlarga tayyorlanish imkonini yaratadi. Bu raqamli infratuzilmaning barqarorligi va xavfsizligini saqlab qolish uchun muhim bir qadamdir.” – YEXHT O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorining vazifasini bajaruvchi Sergei Sizov taʼkidladi.

O‘tkazilayotgan treninglar YEXHT tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va raqamli maʼlumotlarni himoya qilish bo‘yicha milliy salohiyatni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbusning bir qismidir. Ushbu o‘quv tadbirlari YEXHT ning “Kiber tahdidlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishda milliy salohiyatni rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbus davlat idoralarining professional malakasini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

Shu tariqa, treninglar axborot xavfsizligi sohasida milliy salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tizimli ishlarning bir qismiga aylandi hamda mutaxassislarni zamonaviy raqamli tahdidlarga tayyorlashni taʼminlamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling