Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi “Yashil Diplomatiya Haftalari” global tashabbusi doirasida Toshkent Botanika bog‘ida ekologik kampaniyasini o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi “Yashil Diplomatiya Haftalari” global tashabbusi doirasida Toshkent Botanika bog‘ida ekologik kampaniyasini o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 18-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida Toshkent Botanika bog‘ida keng ko‘lamli tozalash kampaniyasini o‘tkazdi. Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqining har yili bo‘lob o‘tadigan global ekologik tashabbusi — Yashil Diplomatiya Haftaliklarining bir qismi hisoblanadi.
Har yili sentabr oyidan noyabr oyining oxirigacha Yashil Diplomatiya Haftalari dunyo bo‘ylab Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari va ularning hamkor mamlakatlarini ekologik diplomatiyani targ‘ib qilish hamda global iqlim va biologik xilma-xillik muammolari bo‘yicha xabardorlikni oshirish uchun birlashtiradi. Tashabbus ommaviy tadbirlar, ya’ni – ommaviy-jamoatchilik tashabbuslari, seminarlar, ko‘rgazmalar, tozalash kampaniyalari hamda yoshlar, maktablar, universitetlar talabalari uchun tadbirlar, yoki nodavlat tashkilotlar, mahalliy hamjamiyatlar va biznes vakillari ishtirokidagi davra suhbatlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda joriy yilda o‘tkazilgan Toshkent Botanika bog‘idagi tozalash aksiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ko‘ngillilar va yoshlarni, jumladan maktab o‘quvchilari va universitet talabalari diqqatiga sazovor bo‘ldi. Tadbir Toshkent shahrida joylashgan va o‘zida 2 000 dan ortiq o‘simlik turini jamlagan eng muhim yashil hududlaridan birini qo‘llab-quvvatlash hamda tashrif buyuruvchilar va keng jamoatchilik orasida ekologik mas’uliyatni targ‘ib qilishga qaratildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish har birimizdan - shaharlarimiz aholisi va mehmonlaridan boshlanadi hamda bu kundalik tanlovimizdir. Jamoatchilik joylarni toza saqlash - umumiy mas’uliyatdir. Hukumatlar, institutlar va hamjamiyatlarning qat’iy harakatlari muhim bo‘lsa-da, har bir insonning hissasi ham shunchalik ahamiyatlidir. Ushbu qo‘shma sa’y-harakat orqali Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, biologik xilma-xillikni asrash va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi tozalash aksiyasida ishtirok etgan barcha hamkorlar va qatnashchilarga minnatdorlik bildiradi hamda jamoatchilikni shahardagi hordiq chiqarish va dam olish maskanlarini toza saqlashda o‘z hissasini qo‘shishga chorlaydi.