Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 29/04/2025 YEOII – O‘zbekiston: yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama markazida

YEOII – O‘zbekiston: yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama markazida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) – O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishi” mavzusida biznes-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ochgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, global iqtisodiy jarayonlar tubdan o‘zgarib borayotgan bir paytda YEOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Muloqotda YEOII ishbilarmon doiralari vakillari — Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi vitse-prezidenti Sergey Krasilnikov hamda YEOII Ishbilarmonlar kengashi qo‘mitasi raisi Vladimir Salamatov qatnashib, sanoat kooperatsiyasi, o‘zaro savdo hajmini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va taʼlim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar borasida fikr bildirdilar.

Biznes-muloqotda tomonlar iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, kadrlar malakasini oshirish va texnologiyalar almashinuviga alohida eʼtibor qaratdi.

Tadbir doirasida muhim kelishuv — O‘zbekiston Respublikasi "Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Rossiyaning Milliy malakalarni rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat kasbiy malakalarni o‘zaro tan olish, taʼlim tizimlarini uyg‘unlashtirish va mehnat bozorida kasbiy mobillikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi muloqotni ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yana-da chuqurlashtirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim platforma sifatida baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling