Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Yengil sanoat: O‘zbekiston va Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari

Yengil sanoat: O‘zbekiston va Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari

Yengil sanoat: O‘zbekiston va Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi o‘tkazilmoqda.

Forum ishtirokchilari turli seksiyalarga bo‘lingan holda, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini  muhokama qilmoqda.

Jumladan “Yengil sanoat: O‘zbekiston va Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seksiyada ikki mamlakat parlamentlarining aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar hamda to‘qimachilik, charm-poyabzal va dizayn sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tadbirkor ayollar yengil sanoatni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish borasida tajriba almashdi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, taʼlim, dizayn va bozor talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling