Yashnobod tumanida zamonaviy yangi maktab foydalanishga topshirildi
Yashnobod tumanida zamonaviy yangi maktab foydalanishga topshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar hamda yosh avlodga munosib sharoit yaratish bo‘yicha davlat siyosati doirasida Yashnobod tumanining “Bogbon” mahallasida zamonaviy talablarga mos tarzda bunyod etilgan 360-sonli umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari D. Raximova, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i J. Raximjonov hamda Yashnobod tumani hokimi B. Rahmankulov va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Mazkur yangi maktab 1650 o‘rinli bo‘lib, maktabda keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter xonalari, sport zali, faollar zali, oshxona hamda ochiq sun’iy qoplamali futbol maydonchasi mavjud.
Yangi maktabning ochilishi hududdagi o‘quvchilar uchun qulaylik yaratib, uzoq masofaga qatnab o‘qish zaruratini kamaytiradi hamda ikki smenali ta’limni qisqartirishga xizmat qiladi.
Ushbu ta’lim maskani yoshlarning sifatli bilim olishi uchun mustahkam zamin yaratadi.