Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Yashil iqtisodiyotga o'tish 2060-yilga kelib 1,8 milliongacha ish o'rinlarini yaratadi

Yashil iqtisodiyotga o'tish 2060-yilga kelib 1,8 milliongacha ish o'rinlarini yaratadi

Yashil iqtisodiyotga o'tish 2060-yilga kelib 1,8 milliongacha ish o'rinlarini yaratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — So‘nggi yillarda O‘zbekiston atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish va yanada “yashil” iqtisodiyotga o‘tish sari dadil qadam tashlamoqda.

Mamlakat 2055 yilga kelib uglerod neytralligiga erishishni (ya’ni mamlakat chiqarayotgan uglerod miqdori qisqartirilgan yoki qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish yoki tabiiy tizimlarning yutish qobiliyati hisobiga kompensatsiya qilinishi) o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Shu maqsadda hukumat uzoq muddatli past uglerodli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Ushbu strategiya chiqindilarni kamaytirish, toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va iqtisodiyotning barqarorligini oshirish bo‘yicha asosiy choralar hamda yo‘nalishlarni belgilaydi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida ishlab chiqilgan “Uzoq muddatli past uglerodli rivojlanish imkoniyatlari va yo‘llari” nomli hisobotining yakuniy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Hisobot iqtisodiy o‘sishni hamda maqsadli tarmoqlarning rivojlanishini saqlagan holda O‘zbekistonning barqaror, energetik jihatdan xavfsiz va past uglerodli kelajakka o‘tishini ta’minlashga qaratilgan strategiyani amalga oshirishning aniq va amaliy mexanizmlarini belgilab beradi.

Shuningdek, hujjat milliy hamkorlarga qaysi investitsiyalar zarurligi, tansformatsiyani qaysi tarmoqlardan boshlash kerakligi, davlat organlari o‘rtasida samarali muvofiqlashtirishni qanday yo‘lga qo‘yish mumkinligi, hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish uchun xususiy va xalqaro moliyalashtirishni qanday safarbar etish kerakligi kabi savollarga javob olishga yordam beradi.

Uglerod neytralligi sharoitida ham O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga taxminan 5% o‘sishi mumkin — bu iqtisodiy rivojlanish va iqlim bo‘yicha maqsadlar bir-biriga zid emasligini ko‘rsatadi.

Energetik mustaqillikning mustahkamlanishi: Zarur bo’lgan “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish choralari ko’rilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarilishi oshirilgan taqdirda, 2060-yilga kelib energiya importiga bo‘lgan ehtiyoj 39% gacha qisqarishi mumkin (hech qanday choralar ko‘rilmasa bu ko‘rsatkich 73% ga teng bo‘ladi).

2060-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari umumiy energiya ta’minotining 60% ini tashkil etadi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni 2060-yilgacha 1,83 million toza energiya sohasidagi ish o‘rinlarini yaratishi mumkin — bu bugungi energiya sohasidagi ishchi kuchidan ikki baravar ko‘p.

Toza energiyadan foydalanish hisobiga havoning tozalanishi 2030-yilgacha havo ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holatlarini 18% ga kamaytiradi.

2045-yilgacha ichki gaz ishlab chiqarish 75% ga qisqarishi kutilayotgan sharoitda, strategiya ta’minot uzilishlari va narxlar beqarorligidan himoya qiladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling