Yashab turgan aholi joniga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmi 1,8 mln so‘mga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil yanvar oyida yashab turgan aholi joniga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmi sezilarli o‘sganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, har bir fuqaroga 1,8 mln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 9,1% ko‘p bo‘lib, o‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkich 1,4 mln so‘mni tashkil etgan.
Oxirgi yillarda yashab turgan aholi joniga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmining o‘sish dinamikasi quyidagicha:
2021 yil: 0,5 mln so‘m
2022 yil: 0,7 mln so‘m
2023 yil: 0,8 mln so‘m
2024 yil: 1,4 mln so‘m
2025 yil: 1,8 mln so‘m
Shu tariqa, so‘nggi besh yil ichida bozor xizmatlari hajmi aholi joniga nisbatan uch barobardan ko‘proq o‘sgani kuzatilmoqda. Bu esa xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishi va aholi turmush darajasining oshib borayotganidan dalolat beradi.