Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Yaqin Sharq havo hududining yopilishi sababli Uzbekistan Airways reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritmoqda

Yaqin Sharq havo hududining yopilishi sababli Uzbekistan Airways reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritmoqda

Yaqin Sharq havo hududining yopilishi sababli Uzbekistan Airways reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Yaqin Sharqdagi qator davlatlar havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar munosabati bilan reyslar jadvaliga o‘zgartishlar kiritilganini maʼlum qildi.

28 fevral kuniga rejalashtirilgan HY334 Dubay – Toshkent reysi faqat Dubay xalqaro aeroporti faoliyati tiklanib, havo hududi ochilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar kutish davrida mehmonxonaga joylashtirildi va zarur xizmatlar bilan taʼminlandi. Aviakompaniya aviatsiya hokimiyatlari va aeroport maʼmuriyati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

1 mart kuniga rejalashtirilgan HY333/334 Toshkent – Dubay – Toshkent reysi Birlashgan Arab Amirliklari havo hududining yopilishi sababli majburan bekor qilindi.

1 mart sanasidagi HY337/338 Toshkent – Jidda – Toshkent reysi yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligini taʼminlash maqsadida muqobil yo‘nalish orqali amalga oshiriladi. Marshrut o‘zgarishi tufayli parvoz vaqti uzayadi.

2 mart kuniga rejalashtirilgan HY301/302 Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent reysi Isroil havo hududining yopilishi munosabati bilan bekor qilindi.

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga aviakompaniyaning keyingi istalgan reyslariga qo‘shimcha to‘lovsiz qayta bron qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Uzbekistan Airways aloqa markazi +998 78 140 02 00 telefon raqami orqali ishlaydi. Aviatashuvchi yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yo‘lovchilar hamda ekipaj xavfsizligi mutlaq ustuvor vazifa bo‘lib qolishini taʼkidlaydi. Reyslar haqidagi maʼlumotlar yangilanib borishini kuzatib borish tavsiya etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling