Valyuta kurslari 30/07/2025
$1 – 12500.01
UZS – -0,11%
€1 – 14471.26
UZS – -0,89%
₽1 – 151.96
UZS – -2,85%
Qidirish
O‘zbekiston 28/07/2025 Yaponiyaning Orion Computer kompaniyasi Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktab tashkil etadi

Yaponiyaning Orion Computer kompaniyasi Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktab tashkil etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari R. Karimjonov hamda vazir maslahatchisi Sakuray Akihiro boshchiligida Orion Computer kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktabni tashkil etish rejasi haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

– Orion Computer tomonidan IT va yapon tili maktabini ochish;

– Yaponiya uchun IT sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tezlashtirish va autsorsing salohiyatini rivojlantirish;

– Yaponiya standartlariga mos oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;

– Yapon kompaniyalari va Oʻzbekiston IT sohasi oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish.

Orion Computer kompaniyasi joriy yil sentabr oyida boʻlib oʻtadigan ICT Week tadbirida ishtirok etishni va ushbu tashrif doirasida Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatxonasini ochish masalasini yakuniy hal qilishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling