Yaponiya video o'yinlar va animatsiya kompaniyasi O'zbekistonda ofis ochmoqda
Yaponiya video o'yinlar va animatsiya kompaniyasi O'zbekistonda ofis ochmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiyaning “ELF-IN” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Motoi Matsuo hamda ijrochi direktori Takashi Kinoshita bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O'zbekistonda animatsiya sohasiga yoshlarni o'qitish hamda xalqaro bozorga animatsiya kontentlarini outsorcing xizmatini yo'lga qo'yish muhokama qilindi, loyiha doirasida ushbu kompaniya O'zbekistonda o'z ofisini ochib, yoshlarni o'qitish uchun Yaponiyaning animatsiya sohasidagi eng ilg'or mutaxassislarni jalb qilinishga kelishildi.
“ELF-IN” Yaponiyaning o‘yin va ko‘ngilochar video mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, animatsiya, kompyuter grafikasi (CG), reklama roliklari hamda yirik tadbirlar uchun maxsus vizual loyihalar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.