Yaponiya va O'zbekiston energetika va sog'liqni saqlash sohalaridagi loyihalar bo'yicha kelishib oldilar
Yaponiya va O'zbekiston energetika va sog'liqni saqlash sohalaridagi loyihalar bo'yicha kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 2–4- dekabr kunlari Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiya davlat idoralari, moliyaviy institutlari va sanoat sektori rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ryosei Akazava bilan uchrashuvda hamkorlikning strategik xarakteri ta'kidlandi hamda ta’lim, energetika, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini takomillashtirish sohalarida yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar davomida dekabronizatsiya, qayta tiklanuvchi energetika, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, suvni tozalash tizimlari, issiqlik ta’minoti va energiya samarador texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ishbilarmonlar doiralari darajasida sanoat zonalarini rivojlantirish, tibbiy infratuzilmani takomillashtirish, ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.