Valyuta kurslari 10/11/2025
$1 – 12060.27
UZS – 0,31%
€1 – 13916.35
UZS – 0,53%
₽1 – 148.87
UZS – 0,49%
Qidirish
Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda oshpazlik va til kurslarini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning Onodera User Run tashkiloti Migratsiya agentligining Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi bazasida o‘quv kursini ishga tushirdi.

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev o‘qish jarayonlari bilan tanishib, tinglovchilar bilan do‘stona muloqot o‘tkazdi.

Loyiha — joriy yil may oyida Migratsiya agentligi delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari doirasidagi kelishuvlarga ko‘ra amalga oshirildi.

Kelishuvda, O‘zbekistonda turli sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlab, ularni Yaponiyada yuqori maoshli ishlarga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqich sifatida oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha kurs tashkil etildi.

Iyun oyida eʼlon qilingan tanlovda 1200 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tdi va 40 nafar ishtirokchi saralanib, tayyorlov kurslariga jalb etildi.

Endilikda ular 6–8 oy davomida yapon tili va kulinariya sirlarini o‘rganib, kelasi yil may oyidan boshlab Yaponiyada mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda oshpazlik va til kurslarini yo‘lga qo‘ydi

Yaponiyaning Onodera User Run tashkiloti Migratsiya agentligining Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi bazasida o‘quv kursini ishga tushirdi.

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev o‘qish jarayonlari bilan tanishib, tinglovchilar bilan do‘stona muloqot o‘tkazdi.

Loyiha — joriy yil may oyida Migratsiya agentligi delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari doirasidagi kelishuvlarga ko‘ra amalga oshirildi.

Kelishuvda, O‘zbekistonda turli sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlab, ularni Yaponiyada yuqori maoshli ishlarga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqich sifatida oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha kurs tashkil etildi.

Iyun oyida eʼlon qilingan tanlovda 1200 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tdi va 40 nafar ishtirokchi saralanib, tayyorlov kurslariga jalb etildi.

Endilikda ular 6–8 oy davomida yapon tili va kulinariya sirlarini o‘rganib, kelasi yil may oyidan boshlab Yaponiyada mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling