Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Yanvarda 244 mingdan ortiq tojikistonlik turist keldi

Yanvarda 244 mingdan ortiq tojikistonlik turist keldi

Yanvarda 244 mingdan ortiq tojikistonlik turist keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda jami 244,4 ming nafar Tojikiston fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 43,4 ming nafarga yoki 21,6 foizga oshgan.

Statistikaga ko‘ra, Tojikiston fuqarolarining aksariyati O‘zbekistonga qarindoshlarini ko‘rish maqsadida kelgan. Shu maqsadda mamlakatga 208,5 ming nafar tashrif buyurgan.

Yana 13,3 ming nafar fuqaro sayohat maqsadida mamlakatga kelgan. Xizmat safari bilan 17,4 ming nafar tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, 3,8 ming nafar Tojikiston fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan, 809 nafar tijorat maqsadida tashrif buyurgan, 483 nafar esa taʼlim olish uchun mamlakatga kelgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling