Yangiyo‘lda daraxtlarni kesish 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Yangiyo‘lda daraxtlarni kesish 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Yangiyo‘lda daraxtlarni kesish 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangiyo‘l shahrida Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazilib, uning davomida ekologik qonunchilik buzilishi holati aniqlandi.

“Lazzat” mahallasida S.B. MCHJ tomonidan maxsus texnika yordamida 121 ta daraxt noqonuniy ravishda kesilgan va ildizi bilan qo‘porib tashlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-son qaroriga muvofiq o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 67 mln 574 ming 400 so‘mni tashkil etgan.

Huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan materiallar huquqiy baho berish va qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling