Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston 01/05/2025 “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati yana-da takomillashtiriladi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati yana-da takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish;

xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida tibbiyot sohasida taʼlim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyg‘unligini taʼminlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

Universitet huzurida Ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan Universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan taʼlimning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.

2027 yil 1 dekabrgacha Universitet uchun olib kelinadigan va muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (QQS, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling