Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
O‘zbekiston 09/07/2025 “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilishi munosabati bilan 2024 yil 9 iyul soat 07:00 dan 9 avgustga qadar Toshkent viloyati tomonidan bog‘qa tutash Yangi O‘zbekiston ko‘chasining maʼlum qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovlar davrida harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi — “Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegarasi bo‘ylab o‘tuvchi yo‘l orqali “Milliy bog‘” ko‘chasiga chiqish orqali harakat tashkil etiladi.

Hokimiyat haydovchilardan harakat rejalarini tuzishda mazkur o‘zgarishlarni inobatga olishlarini va vaqtinchalik harakat sxemalariga amal qilishlarini so‘raydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling