Yangi g‘alabalar: yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 08/09/2025
$1 – 12520.78
UZS – 0,67%
€1 – 14634.29
UZS – 1,06%
₽1 – 153.70
UZS – 0,23%
Qidirish
Yangi g‘alabalar: yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

Yangi g‘alabalar: yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

Yangi g‘alabalar: yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Liverpulda o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni yana besh nafar o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg) hindistonlik Pavan Bartval ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uning keyingi jangini 9 sentyabr kuni o‘tkazishi belgilangan.

-80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Javohir Ummataliyev polshalik Nikodem Kozakni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Bahs davomida u raqibini nokdaunga ham tushirib qo‘ydi. 5:0. Javohir endi 9 sentyabr kuni chorak finalga o‘tish bahsida ringga ko‘tariladi.

Xumorabonu Mamajonova chorak finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Chernogoriya vakili Boyana Goykovichni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. 5:0. 10 sentyabrda Xumorabonu yarim final uchun ringga ko‘tariladi.

-70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, bokschimiz Aziza Zokirova Vengriya vakilasi Regina Lakosni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Bokschimiz endi 9 sentyabrda chorak finalda bahs olib boradi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham keyingi bosqichda. Bokschimiz -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, xitoylik Jianxao Judan 5:0 hisobida ustun keldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling