Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
Yandex Uzbekistan taksi sohasidagi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturini yangiladi

Yandex Uzbekistan taksi sohasidagi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturini yangiladi

Yandex Uzbekistan taksi sohasidagi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturini yangiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Uzbekistan taksi biznesini rivojlantirishga qiziqqan tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturini yangiladi. Dastur yangi hamkorlarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, amaldagi hamkorlarning avtoparkini kengaytirish va yangilashga qaratilgan.

Yandex Taxi xizmatiga ulangan har bir shaxsiy avtomobil uchun hamkorlar kompaniyadan yiliga QQS bilan birga 35 mln so‘mgacha bonus olishlari mumkin. Dastur doirasida 10 tadan 100 tagacha transport vositasini xarid qilib, yo‘nalishga chiqarayotgan taksoparklar qo‘llab-quvvatlanadi. Dastur ishtirokchilari biznesni yuritish bo‘yicha ham ko‘mak oladilar. Qo‘llab-quvvatlash Yandex Uzbekistan hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan maxsus lizing shartlari, avtomobil xaridi uchun chegirmalar, shuningdek, buyurtmalar, moliya va avtoparkni boshqarish bo‘yicha o‘quv dasturlaridan foydalanish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Dasturda ishtirok etish uchun hamkorlar, jumladan, xizmat talablariga mos keluvchi (ishlab chiqarilgan yili va markasi bo‘yicha) avtomobillarni xarid qilishlari hamda ularni buyurtmalarni bajarish uchun ilk bor xizmatga ulashlari lozim. Yangi dasturda loyihada ishtirok etishi mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati kengaytirildi — Komfort, Komfort+ va Elektro tariflari uchun 6 ta modeldan 154 ta modelgacha. Avtomobillarni yo‘nalishga chiqarish shartnomada belgilangan individual reja asosida amalga oshiriladi.

Xizmat hamkorlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil fevral holatiga 10 ta avtomobil bilan hamkorlik qilayotgan avtoparkning o‘rtacha kunlik tushumi taxminan 250 000 so‘mni tashkil etadi. 10 ta va undan ortiq avtomobilni ijaraga berish orqali esa hamkor kuniga 3 mln so‘mgacha daromad olishi mumkin.* Platformaning avtomatlashtirilgan instrumentlari operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznesni boshqarishni soddalashtirish imkonini beradi.

Dasturda Toshkent shahridagi xizmatning yangi va amaldagi hamkorlari ishtirok etishlari mumkin. Yangi hamkorlar uchun taksi yoki unga yaqin sohalardagi ish tajribasi afzallik hisoblanadi, ammo majburiy shart emas. Arizalar kelib tushish tartibida ko‘rib chiqiladi. Dasturda ishtirok etuvchi transport vositalari soni cheklangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling