Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
Yandex Uzbekistan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun Yandex 360 virtual ofisini AI-funksiyalar bilan ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun Yandex 360 virtual ofisini AI-funksiyalar bilan ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun Yandex 360 virtual ofisini AI-funksiyalar bilan ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endi O‘zbekistondagi bizneslar Yandex 360 platformasi orqali jamoaviy ishlash uchun mo‘ljallangan xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu xizmatlarga korporativ Pochta, Kalendar, Disk va Treker kiradi. Shuningdek, Hujjatlardagi onlayn-redaktorda matn tayyorlash va tahrirlash jarayonida yordam beradigan AI funksiyalari ham mavjud.

Yandex Uzbekistan Yandex 360 virtual ofisining sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Virtual ofis jamoaviy ish samaradorligini oshirish uchun o‘zaro bog‘langan 12 ta xizmatni o‘z ichiga oladi. Ular qatorida — Pochta, Kalendar, Disk (fayllarni bulutli xotirada saqlash), Hujjatlar(matnlar, taqdimotlar va jadvallar uchun onlayn muharrir), Messenjer, Telemost videomuloqot xizmati, vazifa va jarayonlar Trekeri hamda boshqa bir qator xizmatlar bor. Bu xizmatlar orqali ichki jarayonlar ancha soddalashadi, jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik esa ochiq va shaffof ko‘rinish oladi.

Yandex 360 yordamida O‘zbekistondagi kompaniyalar xodimlari turli shaharlarda bo‘lsa ham, jamoa ishini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish imkoniga ega bo‘ladi. Shaxsiy domendagi Pochta tez va ishonchli xizmat aloqasini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Disk — jamoaviy hujjatlar va fayllarni versiya yo‘qotmasdan saqlash hamda kirish huquqlarini moslash imkonini beradi. Hujjatlar va Jadvallarda birgalikda tahrirlash esa fayllarni offlayn rejimida o‘zgartirishdagi kelishmovchiliklarni bartaraf etadi. Telemost orqali 1000 nafargacha ishtirokchi bilan videomuloqotlar o‘tkazish mumkin, Treker esa har qanday murakkablikdagi vazifalar, loyihalar va jarayonlarni boshqarish imkonini taqdim etadi.

Boshqa platformalardan Yandex 360ga o‘tayotgan kompaniyalar uchun ma’lumotlarni ko‘chirish vositalari va har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlash mavjud. O‘tishni bir marta bosish orqali boshlash mumkin — ma’lumot hajmiga qarab jarayon bir necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi. Struktura saqlanadi, xodimlar esa o‘zgarishni deyarli sezmaydi. Oddiy hollarda bu jarayonni tizim administratori amalga oshirishi mumkin, murakkab holatlarda esa Yandex 360 mutaxassislari jalb etiladi.

Yandex 360 xizmatlarida biznes uchun zarur bo‘lgan barcha xavfsizlik mexanizmlari joriy etilgan: majburiy parol nazorati, ko‘p faktorli autentifikatsiya va yopiq ish muhiti. Xavfsizlik muntazam ravishda ichki testlar va tashqi auditlar orqali tekshirib boriladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling