Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Yandex Maps'da Islom sivilizatsiyasi markazining 3D-modeli paydo bo‘ldi

Yandex Maps'da Islom sivilizatsiyasi markazining 3D-modeli paydo bo‘ldi

Yandex Maps'da Islom sivilizatsiyasi markazining 3D-modeli paydo bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi arafasida Yandex Maps xaritasida uning uch o‘lchamli modeli paydo bo‘ldi. U Toshkent shahar hokimligi ko‘magida yaratilgan bo‘lib, poytaxt aholisi va mehmonlariga yangi madaniy majmua arxitekturasini turli rakurslardan ko‘rib chiqish, shuningdek, uning atrofida qulay yo‘nalish topish imkonini beradi.

Hajmli rangli modelda binoning soyalari, teksturasi va asosiy arxitektura xususiyatlarini — monumental portallar, markaziy gumbaz hamda tashqi bezak elementlarini ko‘rish mumkin. 3D-model majmua tashqi ko‘rinishini oldindan o‘rganish, suratga olish uchun qulay nuqtani tanlash yoki sayr marshrutini belgilash, shuningdek, obyektning shahar muhitiga qanday uyg‘unlashganini yaxshiroq tasavvur qilish imkonini beradi. Yandex Maps'da tungi rejim yoqilganda, model ham haqiqiy shahardagi kabi yoritiladi.

«Biz xaritalarimizni nafaqat yo‘nalish qurish, balki shahar muhitini, uning madaniy nuqtalari va yangi diqqat markazlarini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladigan tarzda rivojlantirmoqdamiz. Islom sivilizatsiyasi markazining uch o‘lchamli raqamli modeli paydo bo‘lishi – Toshkentdagi eng yirik yangi madaniy obyektlardan biri bilan oldindan tanishish imkoniyatidir. Bunday modellar xaritalarni yanada ko‘rgazmali va foydali qiladi», -ta’kidladi Yandex Uzbekistan'ning strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov.

3D-modelni ko‘rish uchun ilovada qidiruvga obyekt nomini kiritish yoki xaritadan topib, tasvirni yaqinlashtirish kifoya. Modelni yuqoridan emas, yon tomondan ko‘rish uchun esa ekranda ikki barmoq bilan yuqoriga parallel harakat qilish lozim.

Yandex Maps ilovasini Google Play yoki AppStore orqali yuklab olish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Yandex Uzbekistan 2018 yildan beri mamlakatda faoliyat yuritib, odamlar hayoti va raqamli muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. Kompaniya taksi chaqirish, ovqat va buyurtmalar yetkazib berish, bulutli va geoxizmatlar, ko‘ngilochar hamda ta’limiy xizmatlarni taklif etadi.

Yandex Maps – bu shahar bo‘ylab piyoda yoki turli transport turlarida (masalan, avtomobil yoki avtobusda) yo‘nalish qurishga yordam beradigan ilovadir. Shuningdek, u orqali kerakli manzillarni topish va kundalik vazifalarni hal qilish mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling