Yandex Go Shahrisabzda o‘z faoliyatini boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endilikda shahrisabzliklar va shahar mehmonlari Yandex Go ilovasi orqali safarlarni osonlikbilan buyurtma qilishlari mumkin. Foydalanuvchilar o‘ziga qulay tarifni tanlab, tezkorxizmatdan foydalanish imkoniga ega.
Xizmatdan foydalanish uchun App Store yoki Google Play orqali Yandex Go dasturiniyuklab olish va qisqa ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Safar buyurtma berish uchun manzilni kiritishyoki xaritada belgilangan nuqtani tanlash yetarli. Xizmat eng yaqindagi avtomashinaniavtomatik ravishda tanlab beradi, uning qaysi vaqtda yetib kelishini va qayerda kutganiniko‘rsatadi.
Ilova orqali haydovchi, avtomashina modeli va yetib kelish vaqti haqidagi ma’lumotlarniham ko‘rish mumkin.
Yoʻl haqining eng kam miqdori 2000 soʻmdan boshlanadi. Masalan, Markaziy bogʻdan Amir Temur maydonigacha boʻlgan safar taxminan 4500 soʻmni tashkil qiladi.
Yandex Go ilovasi Yandex'ning texnologiyalari — xaritalar, navigatsiya va aqlli buyurtmataqsimlash tizimi asosida ishlaydi.
Shahrisabz — Yandex Go O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 19-shahar hisoblanadi. Bundan tashqari, xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston, Jizzax, Navoiy, Zarafshon va Dehnav shaharlarida ham faoliyat yuritmoqda. Yil oxirigacha Yandex Go mamlakatning yana bir qator shaharlarida ish boshlashni rejalashtirmoqda.