Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
O‘zbekiston 17/04/2025 Yandex Go endilikda Zarafshonda ham ish boshladi

Yandex Go endilikda Zarafshonda ham ish boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endi shahar aholisi va mehmonlari Yandex Go ilovasi orqali oson va qulay tarzda safar buyurtma qilishlari mumkin. Ilovada turli tariflardan birini tanlab, safarni o‘zingizga moslashtirishingiz mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun App Store yoki Google Play orqali Yandex Go‘ni yuklab olish va tezkor ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

Safar buyurtma berish uchun — manzilni kiritish yoki xaritada kerakli joyni belgilash lozim. Xizmat avtomatik tarzda eng yaqindagi mashinani tanlab beradi, uning qaysi vaqtda yetib kelishini va qayerda kutayotganini ko‘rsatadi. Ilovada haydovchi haqidagi ma’lumot, avtomobil markasi va yetib kelish vaqti ham aks etadi.

To‘lovni ham naqd pulda, ham ilovaga biriktirilgan bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin.

Yo‘lkira minimal qiymati 2000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, “Pole chudes” oziq-ovqat bozoridan Markaziy kon boshqarmasigacha bo‘lgan safar taxminan 4000 so‘mni tashkil etadi.

Zarafshon — O‘zbekistondagi Yandex Go faoliyati mavjud bo‘lgan 17-shahar hisoblanadi. Shuningdek, xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston, Jizzax va Navoiy shaharlarida ham faoliyat yuritmoqda.

Yil oxirigacha Yandex Go mamlakatning turli hududlarida yana bir necha shaharda o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling