Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
Yandex “Allplay” platformasidagi ulushlarni sotib olishga dastlabki rozilik oldi

Yandex “Allplay” platformasidagi ulushlarni sotib olishga dastlabki rozilik oldi

Yandex “Allplay” platformasidagi ulushlarni sotib olishga dastlabki rozilik oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi «Yandex Uzbekistan» kompaniyasiga va «Plus Entertainment Services Holding Ltd» bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar guruhiga “Allplay” platformasi egalari hisoblangan «Allmedia Safe Service» MCHJ va “Anyway” MCHJdagi ulushlarni sotib olish uchun dastlabki rozilik berdi.

Avvalroq «Allmedia Safe Service» onlayn-translyatsiya va video hamda audio kontent almashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi raqamli platformalar bozorining dominant ishtirokchisi deb topilgan edi. Bozorda Yandex‘ga tegishli bo‘lgan “Kinopoisk” platformasi ham faoliyat yuritmoqda.

Dastlabki rozilik “Allplay” o‘z mustaqilligini saqlashi, onlayn translyatsiya va kontent almashish xizmatlarini davom ettirishi hamda «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirmasligi shartlari bilan berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling