Valyuta kurslari 28/01/2026
$1 – 12128.02
UZS – 0,25%
€1 – 14419.00
UZS – 0,46%
₽1 – 158.52
UZS – -0,08%
Qidirish
Yandex Ads biznesni tanitish va Telegram-kanallar mualliflari daromadini oshirishga yordam beradi

Yandex Ads biznesni tanitish va Telegram-kanallar mualliflari daromadini oshirishga yordam beradi

Yandex Ads biznesni tanitish va Telegram-kanallar mualliflari daromadini oshirishga yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Ads'da endi reklama beruvchilar katalogdan Telegram-kanallarni mustaqil ravishda tanlab, postlar uchun ko‘rishlar soniga qarab to‘lov qilishlari mumkin. Bu xos foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish, biznes tanilishini oshirish va inflyuyenserlar orqali targ‘ibni yanada osonlashtirishga xizmat qiladi. Telegram-kanallar mualliflari esa reklama beruvchilarni izlashga vaqt sarflamay, ko‘proq mijozlarni jalb etish, postlar joylashuvi va daromadni moslashuvchan boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Yandex Advertising Network (YAN) reklama tarmog‘i turli mamlakatlardagi 18 mingdan ortiq Telegram-kanalni birlashtirib, ularni jami 320 milliondan ziyod obunachi o‘qiydi.

Shu bilan birga, Telegram-kanallarning Yandex Ads mijozlari orasidagi ommalashuvi ham ortib bormoqda: 2025 yilda reklam beruvchilar investitsiyalari ikki barobarga oshdi. Ilgari reklama postlarini faqat kliklar uchun to‘lov asosida joylashtirish mumkin edi, kanallar esa belgilangan sozlamalarga ko‘ra avtomatik tarzda tanlanardi.

Endi esa katalogdan aniq mualliflar va bloglarni tanlash hamda ko‘rishlar uchun to‘lov modeli biznesga nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham messenjerning keng va faol auditoriyasi bilan muloqot qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi» - deydi Yandex Ads'ning Markaziy Osiyodagi rahbari Madina Seysengaliyeva.

Telegram'da reklama joylashtirishni Direct Pro interfeysi orqali sozlash mumkin. Mualliflar va bloglarni tanlashda auditoriya hajmi, foydalanuvchilar faolligi, bir ko‘rish narxi hamda post joylashtirish qiymatining prognoz ko‘rsatkichlari taqdim etiladi. Yangi formatda biznes avval mavjud bo‘lmagan Telegram-kanallar orasidan ham aniq kanallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Reklama postlarini muayyan muallif yoki blog uslubiga moslashtirish, shuningdek, kartochkalar yoki videoroliklar orqali vizual jihatdan boyitish mumkin. Matn formatlanishi, emodzilar va harakatga chaqiruvchi tugma foydalanuvchilar e’tiborini yanada samarali jalb etish va xaridga undashga yordam beradi.

Reklama postlari tanlangan kanalning barcha obunachilariga, jumladan Telegram Premium obunachilariga ham ko‘rsatiladi. Katalogdagi Telegram-kanallar moderatsiyadan o‘tadi, bu esa brendlar reklamacini xavfsiz muhitda joylashtirish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling