Xusanov «Manchester Siti»ga Angliya Kubogi yarim finaliga chiqishda yordam berdi

Xusanov «Manchester Siti»ga Angliya Kubogi yarim finaliga chiqishda yordam berdi

Xusanov «Manchester Siti»ga Angliya Kubogi yarim finaliga chiqishda yordam berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tgan chorak final uchrashuvida “Liverpul”ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, Angliya Kubogi yarim finaliga ishonchli yo‘l oldi. Uchrashuv qahramoni norvegiyalik hujumchi Erling Xoland bo‘lib, u xet-trik muallifiga aylandi.

Hisobni 39-daqiqada Xolandning o‘zi penaltini aniq amalga oshirish orqali ochdi. Tanaffus arafasida, 45-daqiqada, u o‘yindan kiritilgan zarba bilan “Liverpul”ning gruziyalik darvozaboni Georgiy Mamardashvili darvozasini yana ishg‘ol qildi. Uchrashuv qayta boshlanishi bilan, 50-daqiqada, Gana terma jamoasi hujumchisi Antuan Semenyo hisobni oshirdi, 57-daqiqada esa Xoland uchrashuvdagi uchinchi golini kiritib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

64-daqiqada “Liverpul” hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi: Muhammad Saloh penalti tepdi, biroq “shaharliklar” darvozaboni Jeyms Trafford misrlik futbolchining zarbasini qaytarib, darvozani daxlsiz saqlab qoldi.

Uchrashuvda eʼtiborga loyiq jihatlardan biri — o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanovning o‘yini bo‘ldi. U Xosep Gvardiola shogirdlari safida asosiy tarkibda maydonga tushib, barcha 90 daqiqa davomida o‘ynadi. Sofascore portali uning o‘yinini 7,4 ballga baholadi.

«Manchester Siti»ning yarim finaldagi raqibi 5 aprel kuniga belgilangan qurʼa tashlash natijasida aniqlanadi — u «Vest Xem» va “Lids” o‘rtasidagi so‘nggi chorak final bahsidan keyin maʼlum bo‘ladi.

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling