Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
XPQ Bosh Assambleyasida yangi vitse-prezidentlar saylandi

XPQ Bosh Assambleyasida yangi vitse-prezidentlar saylandi

XPQ Bosh Assambleyasida yangi vitse-prezidentlar saylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Seul shahrida Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ)ning Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Assambleya doirasida tashkilotning yangi vitse-prezidentlari saylandi.

XPQ tarkibiga kiruvchi milliy paralimpiya qo‘mitalari, xalqaro federatsiyalar va sport tashkilotlari Portugaliya vakili Leyla Markes Motaning birinchi vitse-prezident etib saylanishini, shuningdek, Daniya vakili Yon Peterssonning ikkinchi vitse-prezident lavozimiga tasdiqlanishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi yangi saylangan rahbarlarni tabriklab, ularga MPKning missiyasini amalga oshirishda va paralimpiya harakatini rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling