Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 25/03/2025 “Xottabich” muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi sifatsiz mahsulotlar uchun jarimaga tortildi

“Xottabich” muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi sifatsiz mahsulotlar uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 15 avgust kuni o‘tkazilgan nazorat xaridi tadbiri davomida “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Xottabich” nomli muzqaymoq mahsulotlari sanitariya-epidemiologik talablarga nomuvofiqligi aniqlandi. Mazkur holat SanPin (O‘zRSanQ №0366-19) va “Oziq-ovqat xavfsizligi uchun gigiyena qoidalari”ga zid ekanligi tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu mahsulot sifatini baholash maqsadida “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan ham ekspertiza o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalari mahsulotning belgilangan standartlarga mos kelmasligini tasdiqlagan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlariga asosan, 2024 yil oktyabr oyida Qo‘mita tomonidan “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJga nisbatan tegishli ko‘rsatma berildi. Unda, ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va 13-moddasi talablarini buzganlik holatini bartaraf etish belgilangan.

Mazkur ko‘rsatmani haqiqiy emas deb topish maqsadida “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan daʼvo arizasi sud organiga kiritilgan. Biroq, 2025 yil fevral oyida Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi jamiyatning daʼvo arizasini rad etdi va Qo‘mitaning 2024 yil oktyabrdagi ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi.

Shuningdek, isteʼmolchilardan sifatsiz mahsulot sotilishi natijasida undirilgan 64 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larni nomuayyan doirada qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling