Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
O‘zbekiston 26/07/2025 Xorvatiyada og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Xorvatiyada og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston diplomatlari ko'magida Xorvatiyada og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz bugun oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) ma'lumotiga ko'ra, vatandoshimiz V.J. 2022-yilda Xorvatiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. 2025-yil 18-aprel kuni uning salomatligi keskin yomonlashib, Riyeka shahridagi klinik kasalxona markazining reanimatsiya bo'limiga insult tashxisi bilan yotqizilgan. O'tgan vaqt davomida unga zarur jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi.

Xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida va O'zbekistonning vakolatli organlari ko'magida V.J. dastlab shifokorlar nazorati hamda tibbiy talablarga rioya qilingan holda Germaniyaga yetkazildi. Shundan so'ng, Myunxen–Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviareysda reanimatolog hamrohligida O'zbekistonga qaytarildi.

Ta'kidlash joizki, xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va bu yo'nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling