Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Xorijiy investorlar kengashi 2026-yilga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasini muhokama qildi

Xorijiy investorlar kengashi 2026-yilga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasini muhokama qildi

Xorijiy investorlar kengashi 2026-yilga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-noyabr kuni Toshkentda Xorijiy investorlаr Kengashining 5-Oraliq sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ishtirok etdi.

Tadbir uning raisligida va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Andi Aranitasining moderatorligida o‘tkazildi.

Sessiyada xalqaro kompaniyalar, moliya institutlari va davlat idoralari rahbarlari qatnashib, to‘siqlarni bartaraf etish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalarini muhokama qildilar.

Kengashning sakkizta Ishchi guruhi tomonidan korporativ qonunchilikni takomillashtirish, mas’uliyatli biznes standartlarini joriy etish va kapital jalb qilish mexanizmlarini rivojlantirishni qamrab olgan 40 dan ortiq tashabbuslar bo‘yicha erishilgan natijalar ta’kidlandi.

Investorlar soliq boshqaruvi, yer ajratish va energetika rejalashtirishiga oid takliflarni bildirdi. Muhokamalar yakunida kelishuvlarni tezlashtirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

2026-yil uchun AI, ESG yondashuvlari, inson kapitali, kreativ iqtisodiyot va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan strategik yo‘nalishlar paketi ma’qullandi. Kelishuvlar bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, navbatdagi plenаr sessiyasigacha bajariladigan Amalga oshirish rejasi asosiga aylanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling