Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.
Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjat (notarial tasdiqlangan), dissertatsiyaning nusxasi.
Hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.