Xorijiy davlat avtotransportlarining faqat old yon oynalari tusi o‘zgartirilganligi uchun yig‘im to‘lanadi
Xorijiy davlat avtotransportlarining faqat old yon oynalari tusi o‘zgartirilganligi uchun yig‘im to‘lanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3091-1, 04.03.2026 y.).
Unga ko‘ra, xorijiy davlat avtotransportlarini O‘zbekistonga vaqtincha kirishida (tranzit o‘tishida) old, orqa yoki orqa yon oynalari tusini o‘zgartirganlik uchun yig‘im to‘lash bekor qilinib, faqat old yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligi uchun yig‘im to‘lanishi belgilandi.
Xorijiy fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yig‘imlarni bojxona postidagi bank kassalaridan tashqari “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladigan QR-kod yordamida onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi.