Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-oktabr kuni, soat 18:30 da Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridan uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahriga olib kelindi.
Ularni kuzatib kelishda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari ishtirok etdi.
Bolalarning ikki nafari dastlab,Toshkent shahridagi markazga so'ngra ota-onasi bag'riga qaytariladi, yana bir bola esa Navoiy viloyatdagi oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi.
Voyaga yetmagan ushbu bolaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi uning keyingi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi.
Eslatib o'tamiz, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tez orada Qozog'istondan yana 4 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib kelish reja qilingan.