Xorijda ish vaʼdasi bilan firibgarlik fosh etildi

Xorijda ish vaʼdasi bilan firibgarlik fosh etildi

Xorijda ish vaʼdasi bilan firibgarlik fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.O.ga AQSH davlatiga borishi uchun “Biznes” viza rasmiylashtirib berishi evaziga 75 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.L.” MCHJ rahbari F.Sh. fuqaro J.B.ning ishonchiga kirib, uni Bolgariya davlatiga yuborishi va ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling