Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Xorazmga katta hajmli 10 dona elektrobus olib kelindi

Xorazmga katta hajmli 10 dona elektrobus olib kelindi

Xorazmga katta hajmli 10 dona elektrobus olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash, jamoat transporti harakat tarkibini ekologik toza elektrobuslar bilan yangilash bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Yangiariq trans” MChJ tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “FalconEuroBus” korxonasida ishlab chiqarilgan “Falcon Murat Adilkhan” rusumli 10 dona elektrobus olib kelindi.

Zamonaviy elektrobuslar hujjatlarini rasmiylashtirish va yo‘nalishga joylashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bugungi kunda Urganch shahrida brutto shartnomasi asosida jami 6 ta yo‘nalishda “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ tomonidan Xitoyning Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd korxonasida ishlab chiqarilgan 80 dona avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling