Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 02/05/2025 Xorazmda UzAuto Motors yetti o‘rindiqli avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Xorazmda UzAuto Motors yetti o‘rindiqli avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors kompaniyasining Xorazm viloyatidagi korxonasi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tuproqqalʼada joylashgan korxonada bozorda talab yuqori bo‘lgan arzon avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu loyihaga $100 million miqdorida investitsiya kiritiladi.

Shavkat Mirziyoyev taʼkidlashicha, yangi avtomobil ekologik “Yevro-5” standartiga javob beradi va unda yettita o‘rindiq bo‘ladi.

Prezident tadbirkorlik va investitsiya bo‘yicha mutasaddilarga joriy yilda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlash, kelasi yildan yirik agregatlar asosida yig‘ishni boshlash va 2027 yilgacha to‘liq ishlab chiqarish sikliga o‘tish hamda lokalizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling