Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm og‘irlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida to'xtatib qolindi.

Shundan so'ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shahobchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 kg.dan ziyod og'irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda qiymati dastlabki hisob-kitoblarga 1 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi 1 kg.dan ziyod og'irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling